35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Tashabbusli budjet loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, kotibiyat xodimi X.Ishimov hamda bosh mutaxassis U.Kenjayevlar tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, Kengashning 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 ta loyiha bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mazkur loyihalarning mazmun-mohiyati, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyihalarning amaliy ahamiyati va aholining mavjud muammolarini bartaraf etishdagi o‘rni yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Mas’ullarga g‘olib loyihalarni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ishlarning borishini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3