Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Y.Berdiyarov va N.Turdiyevlar tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Andijon mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 2025-yilning shu davrida mahallada 4 ta ajrim qayd etilgani, bugungi kunda esa ushbu ko‘rsatkich 5 taga yetgani aniqlandi. Ya’ni, ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan 1 taga oshgan.

Mazkur holat yuzasidan ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oilalar mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. Muammoli oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3