Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Bo‘ston mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2025-yilning shu davrida mahallada ajrimlar soni 5 tani tashkil etgani, joriy yilda esa ushbu ko‘rsatkich 9 taga yetgani aniqlandi. Ya’ni, ajrimlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 taga oshgan.

Mazkur holat yuzasidan ajrimlarning oldini olish, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda oilalar mustahkamligini ta’minlash maqsadida xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va ularni murosali hal etishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4