Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”ning “Ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlari” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🏫 Mazkur “Yo‘l xarita”ning 3-bandida nazarda tutilgan Boyovut tumani “Yangiobod” mahallasida joylashgan 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash ishlari tuman Kengashi deputati Nazokat Narxadjayeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

🏗 O‘rganishlar davomida mazkur ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanganligi, ishlarning belgilangan loyiha asosida amalga oshirilayotgani hamda jarayonning sifatli olib borilishiga alohida e’tibor qaratilayotgani ma’lum qilindi.

📌 Shuningdek, deputat tomonidan qurilish jarayonining borishi, ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi yuzasidan muntazam deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4