Uzun tumanida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Samiyeva Go‘zal Muxiddinovna Uzun tumanining “Yangi ro'zgor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi saylovchilari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Uchrashuv so‘nggida saylovchilarni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan murojaatlarni qonun doirasida tegishli tashkilotlar bilan o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi.