DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi"ning navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibiga 1 ta masala kiritilgan bo'lib:
Tumanda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori X.Tashmanovning hisobotini deputatlar muhokamasiga qo'yildi, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan mahallada "Bolalar nafaqasi" to'g'risidagi murojatlar ko'p tushayotganligi sababli sohada hal etilmasdan kelayotgan muommolar yechimi yuzasidan savol va takliflar bildirilib, kelgusida bajariladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi