35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 36-"Qadim" saylov okrugidan saylangan deputati Munojat Rasulova hamda kengash kotibiyati mutaxassisi A.Abduraimov tomonidan Narpay tumanidagi "O‘zbekiston" mahallasi hududida joylashgan 63-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati hamda unda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar va bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklar joyida muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar qurilish ishlari sifatini ta'minlash, bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz ta'lim muhitini yaratish hamda davlat dasturlarining samarali ijrosini ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3