Yangiliklar

Tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurotov Abdisalom Javliyevich ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida hokim yordamchisi Radjabov Azamat tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i asosida fuqaro Safarqulov Hayitmurod o‘zini o‘zi band etib, tunuka ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yilgani joyga chiqib o'rganildi.Deputat tomonidan ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish sharoitlari hamda faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va kredit mablag‘laridan samarali foydalanish borasidagi ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.Mazkur o‘rganishlar hududda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1