35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi murojaati amalda o‘rganildi

Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” mahallasi markazidagi ko‘chalarga tomorqa yerlarini sug‘orish uchun oqaba suv yetkazib berish masalasi bo‘yicha aholidan kelib tushgan murojaat joyida o‘rganildi.

👥 Ushbu masalani atroflicha ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordilar.

💧 O‘rganish davomida mavjud muammolar tahlil qilinib, aholini suv bilan ta’minlash, xususan tomorqa yerlarini samarali sug‘orish uchun oqaba suvni yetkazib berish imkoniyatlari va chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

🛠 Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Slide 1 of 1