Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi V.Ruziyev tomonidan deputatligi vakant bo‘lgan hududda joylashgan ijtimoiy obyektlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obyektlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga murojaatlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Bu kabi o‘rganishlar aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va hududlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.