“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 6-maktab faoliyati Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman kengashi deputati O'.Shukurov tomonidan o‘rganilganda bir qator dolzarb muammo mavjudligi aniqlandi.
Jumladan,maktabda o‘quvchilar sonining ko‘pligi sababli sinfxona yetishmasligi kuzatilmoqda. Bu holat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur holat “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi – ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ya’ni barcha uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish talablari to‘liq ta’minlanmayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, maktab yonida joylashgan qo‘shimcha bino qurilishi bir necha yillardan buyon tugallanmasdan, chala holda tashlab qo‘yilganligi ham aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritilib, qo‘shimcha bino qurilishini yakunlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ta’kidlandi.