Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda
Narpay tajribasi namunasida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda fuqarolar muammolarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.
Ayni kunlarda deputatlar hududlarga chiqib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ushbu jarayonlarda fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va kundalik hayotiga oid muammolari o‘rganilib, har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilmoqda.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda hamda ularning ijrosi nazoratga olinmoqda.
Bu kabi o‘rganishlar izchil davom etib, aholining muammolarini joyida hal etish, hududlarni yanada rivojlantirish va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.