Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumurotov tomonidan Olmazor MFY fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda aholi tomonidan Olmazor MFY hududidagi TP-2882 transformator punktiga qo‘shimcha ravishda KTPS-160/10 kVa quvvatga ega yangi transformator o‘rnatish zarurligi bildirildi. Mazkur taklif hududda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, yuklamani kamaytirish va uzilishlarning oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman Elektroset tashkilotiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur muammo deputat nazoratiga olinib, uning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.