Yangiliklar

Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda deputat X.Turdiyev o‘ziga biriktirilgan Yoshlar maslahat guruhi a‘zosi Q.Ilashev bilan suhbat olib bordi.

  "Yoshlar maslahat" guruhi 15 nafar a‘zosi tumandagi barcha deputatlarga biriktirilgan bo‘lib, bu tizim yoshlar fikri va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Deputat o‘ziga biriktirilgan yosh bilan deputatlik faoliyati,jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha uslubiy maslahatlar berdi. 

Kelgusi haftada deputat hamda Yoshlar maslahat guruhi a‘zosi hamkorlikda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar tashkilotida "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borish rejalashtirildi. 

Bunday o‘rganishlar yoshlarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4