Yangiliklar

Deputat Chortut mahallasida hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati G. Bozorova Chortut mahallasiga tashrif buyurib, hokim yordamchisining olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Mutasaddilarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar hududlarni yanada rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1