Yangiliklar

FAROG‘AT MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARGA KO‘MAK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev tomonidan Farog‘at mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tezkorligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati atroflicha tahlil qilindi.

Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3