Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati Zulfiya Abdurayimova “Balandchaqir” MFY raisi A.Karimov bilan birgalikda hududdagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi.

Maqsad - bolalar uchun xavfsiz, qulay va sifatli yashash muhitini yaratish hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada rivojlantirishdir. 

Tashrif davomida bog‘cha hududiga zamonaviy o‘yin uskunalari, bolalar va ularning ota-onalari uchun dam olish joylari, bog‘cha hududi tozaligi, axlat va chiqindilar olib ketilganligi, yoritish vositalari yangilanganligi holati o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.  

Ushbu tadbirlar ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bolalarning sog‘lom va qulay muhitda rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 1