Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
MIROBOD TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMINI O‘TKAZISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR BO’YICHA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLAR TANQID QILDI, MAS’ULLAR QAT’IY OGOHLANTIRILDI

Bugun, 11-dekabr kuni, Mirobod tumani hokimligida, tuman hokimi va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari ishtirokida tumanda qish mavsumini muammolarsiz, talafotlarsiz o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, aholi va ko‘p kvartirali uy-joy fondining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlab borish bo‘yicha tumanda tashkil etilgan shtablar faoliyati hamda obyektlarning mavsumga tayyorgarlik holati masalalari ko‘rib chiqildi. 

 Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan kommunal xizmatlari rahbarlari hamda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlarining axborotlari eshitildi. 

Tumanda mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida obyektlarning tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha tumanda kichik ishchi guruhlari tashkil etilgani hamda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlar holati o‘rganilayotgani ta’kidlandi. 

Ushbu o‘rganishlarda aniqlangan kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilindi.  

Slide 1 of 7