Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan.

 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan
3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan.  

Bu kunda ularning muammolari haqida yana bir bor gapiriladi va yechim topishga harakat
qilinadi. Bu kun bayram emas, balki nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari haqida jamiyatimizni ko‘proq xabardor qilish va ular duch kelayotgan to‘siqlarni birgalikda yengish uchun belgilangan sana. 

Ushbu kun bilan xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputatlari hayrli ishlarni boshladilar. 

Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Pozilov hamda “22-Moygir” saylov
okrugidan saylangan deputat N.Mirabdullayevalar tumandagi “Solboshi” MFY Bogishamol ko‘cha 57-xonadonda yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan Qahramonov Alijon (I guruh nogironi), Oyjamol ko‘chasi
67-xonadonda yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan Mehmonova Muxtasarxon (I guruh nogironi), “Daryo bo‘yi” MFY Furqat ko‘chasi 7-uyda yashovchi 1957-yilda tug‘ilgan Mirzayev Yusufjon (II guruh nogironi) Oydinbuloq ko‘chasi 28-xonadonda yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan Turg‘unov Muhammadjon (II guruh nogironi) hamda uning turmush o‘rtog‘i Turg‘unova O‘ktamxon (II guruh nogironi)lar xolidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa sovg‘alar berildi.
Shu kabi xayrli ishlar joylarda davom etmoqda...  

Slide 1 of 7