Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari tuman kengashining 108-sessiyasi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman kengashining 108-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi. Qayd etilishicha, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha natija 80,33 balni tashkil qilgan. Eng yomon ko‘rsatkich Samarqand (61,07) va Ko‘kgumbaz (67,25) mahallalarida kuzatilgan.

Ishga joylashtirish masalasi ham eng muhim samadorlik ko‘rsatgichidan biri hisoblanadi. Bu bo‘yicha amaliy ishlar sektorlar kesimida tahlil qilinganda 3-sektor hududidagi vaziyat qoniqarli emasligi aniqlangan. Ayniqsa, Taldirazzoq, Qo‘ng‘rot, Alisher Navoiy va Guliston mahallasi hokim yordamchilari aholi bandligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ta’kidlandi.

Sessiyada majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i F.Sharipov so‘nggi olti oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilishicha, shu davrda 6648 ta ijro ishi yakunlangan. Natijada 34,9 milliard so‘m mablag‘ undirilgan. Jumladan, davlat budjetiga 14,2 milliard so‘mlik tushum ta’minlangan.

Bundan tashqari, “Jomboy tumani hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hokim qarori muhokama etildi va tasdiqlandi. Deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid yangi tartib qabul qilindi.

Slide 1 of 6