Tumandagi ijtimoiy soxa obyektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
2024-yilning 5-iyul kuni Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son Qarori ijrosi doirasida Quva tumani Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Iftixor ta’mir servis” MCHJ tomonidan rekonstruksiya va kapital ta’mirlash, shuningdek, Bahor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-son maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya bo‘yicha “Plandem” MCHJ tomonidan olib borilayotgan ishlar xolati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.
O‘rganishlar davomida deputatlar qurilish-ta’mirlash ishlariga mas’ullarga olib borilayotgan ishlarni sifatli bajarish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, deputatlar quruvchilar bilan ham uchrashib, ular bilan suxbatlashdilar va ularga yaratilgan maishiy sharoitlar bilan tanishdilar.