Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri, Naymantepa saylov okrugidan deputat Jamshid Jumanov hudud aholisi muammolarini xonadonbay tarzda o‘rgandi. Xususan, bandlik, moddiy yordam, tibbiy xizmat yo‘nalishlarida o‘nga yaqin murojaat ijobiy hal etildi.
Shuningdek, yurtdoshlarimizga tomorqa maydonlaridan unumli foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.