Xalq deputatlari Angren shahar kengashi raisi Alisher Rayimov va Xalq deputatlari Angren shahar kengashi deputati E.Ergashev "8 Mart" mahalla aholisining tomorqa yer maydoni va ekinzorlarni sug‘orishda ariqqa suv keltirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatini joyiga chiqib o‘rganishdi. Haqiqatdan "8 Mart" mahallasi "Teshik tosh" ko‘chasi va xonadonlarga ariqqa suv yetib bormaydi. Shahar hokimi boshchiligida hokim o‘rinbosari D.Jo‘raboyev, FVB boshlig‘i S.Raximbayev, Ekologiya bo‘limi boshlig‘i B.Urazaliyev, Xalq deputatlari Angren shahar kengashi deputati E.Ergashev, mahalla raisi N.Zilboyevalar ushbu masala yechimini topib, "Dukentsoy" daryosidan irmoqlar orqali ariqqa yo‘naltirish chorasi belgilandi.