Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ- 402-son qarori ijrosini yuzasidan Respublika onkologiya va radiologiya markazida o'rganish o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ- 402-son qarori ijrosini yuzasidan Respublika onkologiya va radiologiya markazida o'rganish o'tkazildi Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ziyo Parizod ishtirokida hamda Respublika onkologiya va radiologiya markazi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi "Ayollar orasidagi onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ- 402-son qarori ijrosini yuzasidan Respublika onkologiya va radiologiya markazida o'rganish o'tkazildi. 

O'rganish jarayonida skrining tadbirlarining samaradorligi, ularga rioya etilishi, skrining natijalari va davolash jarayonlari bo'yicha ma'lumotlarining to'liq va tizimli yuritilishi, xizmatlarining davlat mablag'lari hisobidan ko'rsatilishi, infratuzilma va malakali kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek monitoring va baholash tizimlariga alohida e'tibor qaratildi.

Yig'ilishda ishtirok etgan mutaxassislar va boshqaruv xodimlari, markazning faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Bundan tashqari, deputat sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni bartaraf etish va aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbuslar haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv yakunida, onkologiya markazida amalga oshiriladigan ishlar, ishchi guruhlar va kelgusi rejalarga doir bir qator masalalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3