Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.

 Tashrif davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, shuningdek, qish mavsumida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan issiqlik tizimining holati atroflicha o‘rganildi. Deputat tomonidan mavjud infratuzilma, guruh xonalari, ovqatlanish sharoitlari va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Shuningdek, tashrif doirasida pedagog va ishchi xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, kiberjinoyatchilikning oldini olish va axborot xavfsizligi mavzularida ma’ruzalar o‘tkazildi.

 Mazkur uchrashuvlar jarayonida xodimlarning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar ochiq muhokama qilindi. Tahlil jarayonida muassasada mavjud ayrim muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Bu orqali aniqlangan masalalarga huquqiy va amaliy yechim topish ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 5