Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT XALQ ORASIDA

Sherobod tumani “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qizilolma qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan 2026-yil 22–23-yanvar kunlari kuzatilgan kuchli qor yog‘ishi oqibatida mahallaga olib boruvchi avtomobil yo‘llari qor va muz bilan qoplanib, fuqarolar harakati uchun xavfli holat yuzaga kelgani haqida murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinovga yetkazildi. Deputat murojaatni belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganib, ushbu masala yuzasidan tumandagi mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Natijada, qisqa fursat ichida tegishli xizmatlar tomonidan “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘iniga olib boruvchi yo‘llar qor va muzdan tozalandi hamda fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Slide 1 of 7