Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
CHINOZ TUMANI. SESSIYA

Joriy yilning 23-yanvar kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiya kotibligiga 4-Afg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Laziz O‘tkirov saylandi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha Xalq qabulxonasi etakchi mutaxassisi, tuman prokurorining o‘rinbosari, Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi o‘rinbosari, doimiy komissiya raislari, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi.

Mazkur masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raislarining xulosalari o‘qib eshittirildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Asqar Baxramov, Farxod Ibragimov, Mirsoat Mirsodiqov, Olimjon Isoqov, Surayyo Axmedovalar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Laziz O‘tkirov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, Sessiya kotibi.

Slide 1 of 12