Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Prezident Murojaatnomasi ijrosi doirasida deputat M. Shernayev tomonidan mahallalar infratuzilmasi chuqur o‘rganilmoqda

Prezident Murojaatnomasi ijrosi doirasida deputat M. Shernayev tomonidan mahallalar infratuzilmasi chuqur o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallalarning infratuzilma ta’minotini yanada mustahkamlash hamda mavjud muammolarni manzilli aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati M. Shernayevva mahalla “yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda joylarda tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar jarayonida mahallalarda mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati, ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, tashqi yoritish tizimlarining ishlash darajasi, ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlanish holati, shuningdek, obodonlashtirish va sanitariya tozaligi masalalari atroflicha tahlil qilinmoqda. Aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir etuvchi ushbu masalalarni joyida o‘rganish orqali ularning samarali yechimlarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etilib, aholining murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanmoqda. Ushbu muloqotlar orqali mahallalarda mavjud muammolarni manzilli aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari va parlament nazorati mexanizmlaridan foydalanish orqali ularning ijrosini ta’minlash rejalashtirilgan. Mazkur ishlar Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan “mahalla — xalq bilan davlat o‘rtasidagi muhim bo‘g‘in” tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8