Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Ijtimoiy soha doimiy nazoratda

 Tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Turdiyev va Kengash kotibiyat mudiri M.Xujanovlar Qumpaykal mahallasida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun belgilangan imtiyozlar bilan tanishdi. 

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, mahalla faollari ham ishtirok etdilar. Tashrif davomida maktabning moddiy-texnika bazasi, sinf xonalari, sport hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. 

Qayd etilishicha, “Jasorat maktabi”ga aylantirilgan ushbu ta’lim muassasasi kapital ta’mirdan chiqarilib, bugungi kunda zamonaviy qiyofa kasb etgan. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va har tomonlama kamol topishi uchun
barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
 

Tuman rahbari va deputatlar o'rganish chog'ida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha mutasaddilarga aniq topshiriq va tavsiyalar berdi.  

Slide 1 of 5