Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun mohiyati va uning amaliy ahamiyati to‘g‘risida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi

Yig‘ilishda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abdumalik Nomozov, tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilot xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim sifatini yaxshilash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, shuningdek, davlat boshqaruvida ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar strategiya maqsadlarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etishi, bunday muhokamalar esa aholining islohotlardagi ishtirokini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1