Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati F.Salomova “O‘zbekiston 2030 – Harakatlar Strategiyasi” mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.

2026-yilning 19-yanvar kuni, Toshkent Tibbiyot universitetida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova va universitet jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalq oldidagi Murojaatnomasi hamda yangilangan “O‘zbekiston 2030 – Harakatlar Strategiyasi” mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda davlat rahbarining mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, kelgusidagi maqsadlar va strategiyalar muhokama qilindi.

Deputat, mutaxassislar va o‘qituvchilar davlat rahbarining so‘zlariga tayanib, tibbiyot ta’limining rivojlanishi, universitetning global raqobatbardoshligini oshirish va tibbiyot sohasidagi innovatsion loyihalarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, tibbiyot sohasida oliy ta’limni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va amaliyotdagi yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Deputat, o‘z navbatida, ushbu yo‘nalishlardagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladilar.

Yig‘ilish yakunida universitet rahbariyati va xalq vakili kelgusi yillarda mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlash va tibbiyot ta’limining sifatini oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Slide 1 of 3