Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi muhokama qilindi

Zarbdor tuman 1-son politexnikumida 2025–2026 o‘quv yilida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosini ta’minlash maqsadida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman hokimi, tuman prokurori, hokimlikning mas’ul vakillari, yo‘l xaritasida belgilangan shtab a’zolari hamda politexnikum rahbariyati ishtirok etdi.
Yig‘ilish jarayonida dual ta’lim tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, Zarbdor tuman 1-son politexnikumiga Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Umurzakov Zafar O‘tkirovich direktorlik qilib kelmoqda. Deputat sifatida u hududda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasb-hunarlarni joriy etish hamda yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Yig‘ilish yakunida yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 5