Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.

"Adolat" SDP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.

Adolat sotsial-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Xursandbek Ismailov tashabbusi bilan tumandagi “UZTEX GROUP” korxonasida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mahallalarda ishsiz bo‘lib turgan, doimiy ish joyiga ehtiyoj sezayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat Xursand Ismailov korxona faoliyati, yaratilgan mehnat sharoitlari, ish haqi hamda ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayoni va ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishtirildi, mehnat sharoitlari ko‘zdan kechirildi hamda ishga qabul qilish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ochiq muloqot jarayonida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Mazkur tashabbus xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ham bu boradagi amaliy ishlarni izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi bosh mutaxassisi U.Ruzmetov

Slide 1 of 2