Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!

Hurmatli Sharof Rashidov tumani aholisi, aziz yurtdoshlar! Bugungi kunda yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha muhim davlat tadbiri amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon hududlarning real ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlash hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan sizlarni census.stat.uz axborot portali orqali ro‘yxatdan o‘tib, mazkur jarayonda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Ro‘yxatga olish zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, qulay va tezkor tarzda tashkil etilgan bo‘lib, uni bir nafar fuqaro butun oilasi nomidan to‘ldirishi mumkin. Shu bilan birga, taqdim etiladigan barcha ma’lumotlarning maxfiyligi va qonun bilan himoyalanishi kafolatlanadi.

Tuman Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olish natijalari asosida hududlar rivoji, aholi ehtiyojlarini aniqlash va qabul qilinadigan qarorlarning manzilliligini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdan biri ekanini ta’kidlayman.

Fuqarolik burchingizni ado eting!
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!

✍️ Hurmat bilan, Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi deputati Juraboyeva Zulfizar Eshboyevna .