Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Askar onalarini sharaflaymiz!

     Shu kunlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab harbiy-vatanparvarlik mavzusida turli madaniy-ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xalq va armiya yakdilligini ta’minlashga xizmat qiladigan ana shunday tadbirlar DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qism va bo‘linmalarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Jumladan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarining Bekobod va Qarshi shaharlarida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusidagi videomuloqotda chegara hududlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar jam bo‘lib, ota-onalari, yaqinlari, sinfdoshlari va ustozlari bilan dildan suhbat qurdilar.
Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov ishtirok etib, harbiylikning sharafi va mas’uliyati, muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar hamda berilayotgan imtiyozlar xususida so‘z yuritib, askarlarning ukalari, sinfdosh va tengdoshlari qalbida harbiylikka bo‘lgan havasning yanada ortishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
  

Slide 1 of 4