Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Qorboboga xat” — mehr va g‘amxo‘rlikka yo‘llangan ezgu qadam

🎄Yangi yil bayrami arafasida bolalik orzularini qo‘llab-quvvatlash, mehr va e’tiborga muhtoj qalblarga quvonch ulashish maqsadida xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich hamda “Milliy gvardiya” Bolalar psixologiyasi markazi tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Qorboboga xat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yangi yil arafasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun unutilmas quvonchli lahzalarni taqdim etdi.

Mazkur tadbir doirasida 22 va 30-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolajonlarning Yangi yil bayramiga bo‘lgan orzu-umidlari e’tibor markazida bo‘ldi. Bolalar tomonidan oldindan yozilgan “Qorboboga xat”lar orqali bildirilgan istaklar inobatga olinib, har bir tarbiyalanuvchi uchun alohida, mazmunli va bolalik quvonchiga to‘la bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida bolalarning samimiy quvonchi, tabassumlarga to‘lgan chehralari va minnatdorlikka boy so‘zlari ushbu tashabbusning nechog‘li muhim va zarur ekanini yana bir bor namoyon qildi. Ular uchun bunday e’tibor jamiyat tomonidan unutilmaganlik, g‘amxo‘rlik va mehr borligini his etish imkonini berdi.

Slide 1 of 1