Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev mahallalarda sayyor qabul o'tkazdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 23-«Zarqaynar» okrugi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan "Hastimom" mahallasida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu qabul davomida mahalla aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy ehtiyojlariga daxldor qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Olcha 9-berk ko‘chasida istiqomat qiluvchi Qo‘chqarova Mohira o‘z uyining fasad qismini ta’mirlab berish bo‘yicha murojaat etgan bo‘lsa, Zarqaynar 9-berk ko‘chasi fuqarosi Umarova Nazira voyaga yetmagan nabirasi uchun bola puli tayinlash masalasini ko‘tardi. Shuningdek, Tuychiyev Farhod tomonidan ham ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasida murojaat bildirildi. Barcha mazkur murojaatlar yuzasidan fuqarolarga qonunchilik doirasida tegishli tushuntirishlar berildi hamda ular ijobiy hal etilishi ma’lum qilindi.

Qabul jarayonida, shuningdek, Olcha 69-berk ko‘chasida joylashgan uy oldi hududida yig‘ilib qolgan qurilish chiqindilarini bartaraf etish masalasi ham ko‘tarildi. Mazkur muammoni tezkor hal etish maqsadida mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Slide 1 of 7