Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Ijtimoiy soha islohotlari

 🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari Z.Mahkamova va O.Tupayev hamda O‘zLiDeP Uchko‘prik tuman Kengashi apparat rahbari D.Nishonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi F.Turg‘unova hamkorligida tuman markazida joylashgan “Kattalar shifoxonasi” qoshidagi O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari-shifokorlar ishtirokida ijtimoiy soha islohotlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

🔹Deputat Z.Maxkamova targ‘ibot tadbirida o‘z fikrlarini bildirdi: “Salomatlik insonning birlamchi ehtiyoji va istagi sanaladi. Sohani yanada rivojlantirish, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan izchil islohotlar olib borilayotgani boisi ham shunda. Xususan, tibbiyotga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi keskin oshirilib, shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘lar ko‘paytirildi. Shu davrga qadar sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari ham jalb qilindi. Umuman olganda, belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi so‘zsiz ta’minlanishi natijasida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati yanada oshadi. Eng muhimi, xalqning roziligiga erishiladi”. 

                                                                                                            Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1