Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari hududlarda: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda

 Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari hududlarda: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda 

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputatlari Shuxratjon Rahimov va Ozodaxon Dadajonova Oqtom mahalla fuqarolar
yig‘inida mahalla yettiligi, nuroniylar hamda faollar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdilar. 

🔷 Uchrashuv jarayonida aholini qiynayotgan
dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularning kelib chiqish sabablari
va yechim yo‘llari ko‘rib chiqildi. Xususan, mahalladagi tibbiy punkt faoliyatini
yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumida yog‘ingarchilik oqibatida fuqarolarga qiyinchilik
tug‘dirayotgan shag‘allashmagan ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalalari joyida o‘rganildi.
Shuningdek, nuroniylar tomonidan hududdagi karerlarda olib borilayotgan qazish ishlari
natijasida havoga ko‘tarilayotgan changning aholi salomatligiga salbiy ta’siri yuzasidan
ham alohida e’tibor qaratildi. 

🔷 Uchrashuv yakunida aniqlangan
masalalarni bartaraf etish, aholi murojaatlariga yechim topish maqsadida mas’ul
idora va tashkilotlarga tegishli taklif hamda tavsiyalar berish yuzasidan kelishuvga
erishildi.  

Slide 1 of 5