Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi manzilli o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida
erishilgan kelishuvlari yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda
o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-438-sonli qarori asosida tumanning “Guliston” mahallasida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport zalni mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyihaga muvofiq, ushbu hududda o‘lchami 12×24 metr bo‘lgan zamonaviy sport zali barpo etilmoqda. Hozirda obyektda eski sport zali to‘liq buzilib, yangi binoning poydevor (fundament) ishlari bajarildi hamda temir-beton karkasi, ya’ni ustunlari quyildi. Qurilish ishlari pudratchi tashkilot — “Chiroy-Muzrabot Qurilish” XK tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda ishlar belgilangan rejaga muvofiq holda olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida loyihalar bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi hamda joylardagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratilib, tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5