Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
CHINOZ TUMANI. Deputat ishtirokida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati L.Sobirjonova Ahillik mahallasida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ayollar bilan ishlash tizimi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar holatini o‘rgandi.

✨Mazkur masala yuzasidan Ahillik hududida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, huquqiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

💫Tadbirda maktab ma’muriyati, mahalla faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Deputat Laziza Sobirjonova tomonidan bildirilgan fikrlar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi hamda kelgusida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4