Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
CHINOZ TUMANI. Mahalla faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev Sutbuloq mahallasida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida hokim yordamchilari faoliyati, jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning aholi bilan ishlashdagi natijalari va jamiyatdagi faolligi alohida tahlil etildi. Muhokamalar davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O'rganish yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qaratilgan ishlarni davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4