Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Dehqon bozorlarida narx-navо va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Dehqon bozorlarida narx-navо va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

✔️ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh shahardagi dehqon bozorlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

✔️ Jumladan, Samarqand shahrida joylashgan “Siyob” va “Temiryo‘l” dehqon bozorlarida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, “Yangi yil” bayrami arafasida narx-navoning barqarorligini saqlash, ichki bozorlarda mahsulotlar narxining asossiz oshishining oldini olish, shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✔️ O‘rganishlar davomida qish va bahor mavsumi uchun oziq-ovqat zaxiralarini sifatli saqlash, tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish, mahsulotlarning sovuq ta’sirida muzlab qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sotuvchi va xaridorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida savdo pavilyonlari atrofini himoyalovchi materiallar bilan o‘rash, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bozor ma’muriyatlariga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✔️ Ishchi guruh tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi uchun sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “Siyob” dehqon bozorining umumiy yer maydoni 3,4 gektarni tashkil etib, unda 59 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda. “Temiryo‘l” dehqon bozorining umumiy yer maydoni esa 1,3 gektar bo‘lib, mazkur bozorda 17 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Fazliddin G‘aybullayev,

xalq deputatlari shahar Kengashi deputati