35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
9-dekabr –Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!

9-dekabr –Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!

2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan.

Taʼkidlash joizki, O'zbekiston tarixida ilk bor korrupsiya so‘zi Konstitutsiyada qo‘llanilib, korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi Bosh qomus darajasida mustahkamlandi. 

Demokratik islohotlar xalqimiz orzu qilgan ochiq va adolatli jamiyat, qudratli davlat barpo etishga zamindir. Qayd etish kerakki hozirda bu illatni batamom yo'q qilish yo'lida: 

ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxati kengaytirildi;

korrupsiya to‘g‘risida xabar beruvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari yaratildi;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasi shakllantirildi;

NNTlar uchun davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar soni va ajratilayotgan mablag‘lar miqdori oshirilmoqda;

Korrupsiya - millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.