35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Quva mahallasida deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

 Quva mahallasida deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. 

Quva tumanidagi Quva mahalla
fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.
Sayfidinova, tuman Kengashi deputati M. Sayfidinov hamda O‘zLiDeP Quva tuman
Kengashi apparati rahbari Yu. Abdullaeva ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot
tashkil etildi.
 

Uchrashuvda mahalla faollari,
nuroniylar, “mahalla yettiligi” a’zolari va fuqarolar faol ishtirok etdilar.
 

Muloqot davomida deputatlar
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, tumanni
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, “Mahallabay
ishlash” tizimining mazmun-mohiyati, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishlaridagi
ishlar haqida ma’lumot berdilar.
 

Fuqarolar muloqot jarayonida
o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha deputatlar va mutasaddi rahbarlarga
murojaatlar yo‘lladilar. Ko‘tarilgan har bir murojaat yuzasidan joyida aniq
choralar ko‘rildi, ayrim masalalar esa tegishli tashkilotlar nazoratiga olindi.
 

Uchrashuv ochiq va samimiy
muhitda o‘tdi. Aholi vakillari bunday muloqotlar xalqning dardini eshitish,
muammolarni joyida hal etish hamda jamoatchilik faolligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
 

Tadbir yakunida deputatlar
tomonidan aholi bildirgan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilib, ularni
amaliy hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 4