35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Tumandagi politexnikumlarda dual ta`lim tizimi amaliyotini o`rganish jarayoni davom etmoqda

 Tumandagi politexnikumlarda yoshlar uchun joriy etilgan dual ta`lim tizimining amaldagi holatini batafsil o`rganish maqsadida 1- va 2-guruh a`zolari tomonidan kompleks o`rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon doirasida guruh ishtirokchilari 1- va 2-politexnikumlarga hamda ularga biriktirilgan turli yo`nalishdagi korxonalarga tashrif buyurib, ta`lim va ishlab chiqarish o`rtasidagi hamkorlik qanday amalga oshirilayotganini o`rganishmoqda. Tadqiqot jarayonida o`quvchilarning amaliyot jarayonlariga jalb etilishi, ularga yaratilayotgan sharoitlar, ish o`rinlaridagi o`quv-amaliy jarayonlar, mutaxassislar tomonidan o`quvchilarga berilgan qo`llab-quvvatlash va yo`l-yo`riqlar atroflicha tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, dual ta`lim tizimini tatbiq etishda uchrayotgan asosiy muammolar - amaliyot bazalarining yetarli emasligi, ishlab chiqarish korxonalaridagi bandlik, o`quvchilarning amaliy ko`nikmalarni
egallashdagi qiyinchiliklari, o`qituvchi va ishlab chiqarish ustalari o`rtasidagi muvofiqlashtirish masalalari ham o`rganilmoqda.
Guruh a`zolari tomonidan aniqlangan muammolar bo`yicha taklif va yechimlar ham shakllantirilmoqda. Jumladan, korxonalar
bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliyot dasturlarini zamonaviy talablarga moslash, o`quvchilar uchun qo`shimcha amaliy mashg`ulotlar tashkil etish, pedagoglar va ishlab chiqarish ustalari o`rtasida doimiy muloqotni yo`lga qo`yish kabi takliflar
muhokama qilinmoqda.
Ushbu o`rganish ishlari tuman bo`yicha dual ta`lim tizimining samaradorligini oshirish, yoshlarni sifatli kasbiy bilim va amaliyot bilan ta`minlashga xizmat qiladi. 

   

Slide 1 of 8