Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
#MUNOSABAT

 Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori va davlat e’tibori markazida 

Tadbirkor — iqtisodiyotimiz poydevori, yurtimiz tayanchi hisoblanadi. Ular odamlarni ishli, daromadli qiladi, jamiyat hayotiga yangilik olib kiradi. Agar yuzlab odamlarning tadbirkor bo‘lishiga amaliy yordam berilsa, bunyodkorlik yanada keng quloch yozishi aniq. Biroq bir vaqtlar tadbirkorga savdogar sifatida qaraldi. Odamlar biznes qilishga qo‘rqib, o‘zining ishbilarmonligini yashirgan davrlar ham bo‘lgan. Chinakam tadbirkor qiyofasi, haqiqiy ishbilarmonlik muhiti esa Yangi O‘zbekistonda shakllandi.

2016 yildan boshlab mamlakatimizda tadbirkorlarga munosabat tubdan o‘zgardi. Har bir rahbar tadbirkorni eshita boshladi, ularga faoliyatini kengaytirishi uchun yordam berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu sa’y-harakatlar natijasida davlat bilan tadbirkorlar o‘rtasida ishonch orta bordi.

So‘nggi sakkiz yilda qonun, farmon va qarorlarga asosan, ruxsatnomalarni olish tartiblari soddalashtirildi, muddatlari qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha ko‘plab cheklovlarga barham berildi. Jamiyatda tadbirkorlarning obro‘si oshdi. 20 avgust – Tadbirkorlar kuni sifatida belgilangani va davlat rahbarining har yili tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishi –ishbilarmonlarga bo‘lgan yuksak ishonch va hurmatning ifodasi bo‘lib qoldi .

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Artikov