Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumani “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati N.Allamuratova ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida N.Allamuratova deputat sifatida “Obod yurt” mahalla fuqarolari yig‘ini aholisining muammolarini o‘rganish va ularning ijrosi yuzasidan yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan bu galgi saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda aholining bandligini ta’minlash hamda ularga yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning muhim jihatlari tahlil etildi. Ayniqsa mahalladagi yoshlarni ko‘proq tadbirkorlik hamda tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ko‘plab yoshlarning kelgusida faoliyatini yanada qo‘llab –quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli ravishdagi kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.

Slide 1 of 3