Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
#Munosabat

#Munosabat

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Muxtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan afv to‘g‘risidagi Farmonni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu hujjat – Vatanimizda insonparvarlik, adolat va insoniylikning qanchalik yuksak qadriyat ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Afv – bu faqat jazodan ozod etish emas. Afv – bu insonga imkoniyat, yangi hayot eshigini ochish, uning insof va tavbasiga ishonch bildirishdir.

523 nafar yurtdoshimizga bunday imkoniyat berilgani – davlatimiz “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalda qaror toptirayotganidan dalolatdir. Ularning orasida ayollar, yoshlar, keksa insonlar va hatto xorijiy fuqarolar bor. Demak, bu siyosat har kimga teng, har bir inson taqdiriga befarq emasligimizning yorqin ifodasi.

Afv etilgan fuqarolarga nafaqat ozodlik, balki hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun davlatimiz tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ham muhim ahamiyatga ega. Ularga ish topish, sog‘ligini tiklash, hujjatlarini rasmiylashtirish va oilasi bag‘riga qaytishida qo‘llab-quvvatlash — bu ham insoniylik, ham yurtdoshlik burchidir.

Biz, xalq vakili sifatida, afv etilgan insonlarning yana jamiyatga munosib fuqaro sifatida qaytishi, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi uchun bor imkoniyatlarim bilan yordam berishga tayyormiz.

Insonga ishonch bildirish – uning taqdirini o‘zgartirishi, butun hayotiga nur bag‘ishlashi mumkin. Bu qaror esa har birimizga ezgulik va kechirim hayotda qanchalik buyuk kuch ekanini yana bir bor eslatdi.

Slide 1 of 1