Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻN IKKINCHI SESSIYASI BOʻLIB O'TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OʻNINCHI SESSIYASI
янв.21
Kengash deputati mahalla yettiligi bilan hamkorligda
янв.21
Ta'lim hamda tibbiyot tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
янв.21
Matbuot anjumani
янв.21
Нурота туманининг ижтимоий иқтисодий ривожлантириш
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ YETTINCHISESSIYASI
янв.21
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI
MUNOSABAT

 2025-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida tadbirkorlar bilan
navbatdagi an’anaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbir mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish,
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va milliy iqtisodiyotda xususiy biznesning o‘rnini yanada mustahkamlash borasidagi
sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida tarixga kirdi.  

 Deputat sifatida bu jarayonni kuzatib, biz uchun eng quvonarlisi – davlat rahbarining bevosita tadbirkorlarni tinglashi, ularning muammolarini ochiq muhokama qilishi
hamda amaliy yechimlarni taqdim etishidir. Bu, avvalo, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga yuksak e’tibor berilayotganidan dalolatdir.
Tadbirkor –bu iqtisodiyotning tayanchi, yangi ish o‘rinlari yaratuvchisi, innovatsiyalar tashabbuskori.
Prezidentimizning bunday muloqotlari tadbirkorlarga ishonch bag‘ishlaydi, ular faoliyatida yangi marralarni zabt etishga rag‘bat beradi.
Eng muhimi, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Zero, tadbirkorlikning rivoji – xalqimiz farovonligi garovidir.  

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Hojiyev Farxod Yusupovich